Roland Emmerich · 2009

2012 posteri

Misli ko‘rilmagan quyosh bo‘ronlari nurlanishining Yerga ta’sirini o‘rganayotgan jahon geofizik jamoasi a’zosi doktor Adrian Xelmsli sayyora yadrosi qizib borayotganini aniqlaydi. U AQSh prezidenti Tomas Uilsonni Yer po‘sti beqaror bo‘lib borayotgani va aholining bir qismini qutqarishga tayyorgarlik ko‘rilmasa, butun insoniyat halok bo‘lishi haqida ogohlantiradi. Ayni paytda yozuvchi Jekson Kertis ham xuddi shu ma’lumotga duch keladi. Dunyo rahbarlari yaqinlashayotgan falokatdan qutulish uchun «kemalar» qurishga shoshilayotganda, Kertis oilasini qutqarish yo‘lini izlaydi. Bu orada misli ko‘rilmagan kuchdagi vulqon otilishlari va zilzilalar butun dunyoni vayron qiladi.